---
title: "Toshmikro - Reviews, Revenue and Downloads in Chile | Apple App Store"
description: "Karyer va drobilka biznesida pul har kuni bir necha yo‘ldan kiradi va chiqadi. Tosh sotiladi, xarajatlar qilinadi, ishlab chiqarish va to‘lovlar qayd etiladi, mijozlar qarzi kuzatib boriladi.  Toshmik"
---

# Toshmikro — Chile

![Toshmikro App Icon](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/Purple221/v4/4c/d3/74/4cd3743f-7dd4-c2b2-bb27-61e05d04f51d/AppIcon-0-0-1x_U007ephone-0-1-85-220.png/434x0w.png)

**Developer:** [Sarvar Ganiyev](https://apptail.io/developer/sarvar-ganiyev-zojPHc)
**Category:** Business
**Rating:** N/A (0 ratings)
**Price:** Free
**Bundle ID:** uz.toshmikro.app
**Store:** Apple App Store
**Country:** Chile
**Version:** 1.0.3 (released 2026-09-13)
**Original Release:** 2026-09-06
**Languages:** English

**App Store Link:** [Download on Apple App Store](https://apps.apple.com/cl/app/app/id6807071050)
**AppTail Page:** [https://apptail.io/app/toshmikro-oZSB/chile](https://apptail.io/app/toshmikro-oZSB/chile)

## Toshmikro Description
Karyer va drobilka biznesida pul har kuni bir necha yo‘ldan kiradi va chiqadi. Tosh sotiladi, xarajatlar qilinadi, ishlab chiqarish va to‘lovlar qayd etiladi, mijozlar qarzi kuzatib boriladi.

Toshmikro shu ishlarni telefonda yuritishga yordam beradi. Yozuvlar bitta tizimda yig‘iladi va hisob-kitobni kuzatish osonlashadi.

UCH BO‘LIM

Karyer — tosh qazib olish, portlatish, ortish va sotuv.
Drobilka — mikrokalsit ishlab chiqarish, qop va tonna hisobi.
Korxona — umumiy moliya, kassa, bank, kredit va oylik hisobot.

Har bo‘limning o‘z oqimi bor, lekin ishchilar, mijozlar, mahsulotlar va hisobot umumiy.

NIMA QILADI

- Sotuv, xarajat va to‘lovni bir necha bosishda yozadi
- Kassa va bank qoldig‘ini o‘zi hisoblab boradi
- Mijoz qarzini va ishchiga to‘lanmagan haqni ko‘rsatib turadi
- Ish haqini o‘zi hisoblaydi: oylik, kunlik, reysbay, tonnabay
- Ombor qoldig‘ini yuritadi
- Ma’lumotni CSV qilib chiqarib beradi

BIR NECHA ODAM ISHLAYDI

Korxona egasi xodim qo‘shadi va har biriga huquq beradi. Har bir o‘zgarish jurnalga tushadi: kim, qachon va nimani tuzatgani ko‘rinadi.

KIMGA MOS

- Tosh karyerlari va shag‘al ishlab chiqaruvchilar
- Mikrokalsit va qum-shag‘al drobilkalari
- Tosh, qum va shag‘al tashiydigan korxonalar
- Kunlik hisobni yuritayotgan kichik ishlab chiqarishlar

Ilovada ochiq ro‘yxatdan o‘tish yo‘q. Akkauntni korxona egasi yaratadi va xodimga login hamda parol beradi.

Qo‘llanma:


Savol va takliflar:
Telefon: +998 50 170 92 19
Pochta: sarvar0202@gmail.com

## Toshmikro Screenshots
- [Screenshot 1](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource221/v4/d8/91/91/d8919100-81f7-7f7a-9166-6f97f513bfe6/IMG_2152.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 2](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource221/v4/d1/bb/0d/d1bb0d71-b666-41e1-3278-1e81b7b4034e/IMG_2151.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 3](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource211/v4/d3/b6/e7/d3b6e760-95be-04e2-2318-f991cef69942/IMG_2153.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 4](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource211/v4/ef/bf/40/efbf40f8-806c-3978-974d-52eb1d01c7c3/IMG_2154.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 5](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource221/v4/83/29/ca/8329cac2-5cfd-6fe0-c266-8c7d21461015/IMG_2156.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 6](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource211/v4/1d/20/86/1d208650-fc31-505f-030c-c0736e223fb1/IMG_2157.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 7](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource211/v4/20/c6/3f/20c63fd5-1ad9-4bea-55bd-d17ce767661c/IMG_2158.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 8](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource211/v4/cb/98/83/cb9883f7-4fb2-ba3f-a6b9-fff0cd1ca173/IMG_2155.PNG/1320x2868.png)
- [Screenshot 9](https://is1-ssl.mzstatic.com/image/thumb/PurpleSource221/v4/00/24/06/002406ea-6f1f-f312-edfe-c40b0be72400/IMG_2159.PNG/1320x2868.png)







## Toshmikro Available In
- [Chile](https://apptail.io/app/toshmikro-oZSB/chile)
- [Ecuador](https://apptail.io/app/toshmikro-oZSB/ecuador)
- [Uzbekistan](https://apptail.io/app/toshmikro-oZSB/uzbekistan)

---

## About AppTail

[AppTail](https://apptail.io) is a mobile app intelligence platform providing app analytics, ASO (App Store Optimization) tools, keyword tracking, competitor analysis, revenue estimates, and review monitoring for iOS App Store apps. Track your app's performance, discover ranking keywords, monitor competitors, and analyze market trends.

- [Search Apps](https://apptail.io)
- [Top Charts](https://apptail.io/top-iphone-apps)
- [Sign Up for Full Access](https://app.apptail.io/signup?utm_campaign=ai-crawl&amp;utm_content=footer)

*Data provided by [AppTail](https://apptail.io) - Mobile App Intelligence Platform*
