Bug
Assalomu aleykum, Ilovada kamchiliklar bor iltimos shularni to’g’irlanglar, sababi nomi bilan millenium taxi xizmati, faqat mashinalar premium class emas dasturiy taminot ham shunga yarasha bo’lishi kerak. 1. Ilovadan ro’yhatdan o’tkandan keyin profildan chiqib qayta kirilsa ilovada ro’yhatdan o’tish bo’limini o’zi turadi yani eski profil egalari o’z profillariga kirish bo’limi yo’q, bu muommo ilovaning front end qismida, back end qismida bu bo’limda muommo yo’q deb hisobliman, eski mijoz o’z profiliga kira oladi. 2. Keyingi kamchilik ilovaning interfeysini o’z hohlaganingizdek light yoki dark rejimiga o’tkaza olmaysiz yoki auto rejim yo’q. 3. Keyingi kamchilik ilovadagi yangiliklar bo’limida o’zbek tilida habarlarni o’qiy olmaysiz, dastur default holatda o’zbek tilida bo’lishi kerak, kim hohlasa boshqa tillarga o’tishi mumkin bo’ladi. 4. Sevimli manzillarim bo’limida taxminan 4-5 ta manzil qo’shgandan keyin keyingi manzilni qo’shishda ilova otvoradi yani siz auto ilovadan uloqtirilasiz. 5. Mijoz taxiga o’tirgandan keyin, mijoz qancha vaqtda manzilga yetib borishi mijoz ilovasida ko’rinmayapti, faqat mashina yo’lda degan yozuv bor halos. Umid qilamankiy bu muommolarni bartaraf qilasizlar.